SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 190-194
OILAVIY BOLALAR UYLARI TARBIYALANUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI: DASTLABKI TAJRIBA-SINOV NATIJALARINING STATISTIK TAHLILI (Jizzax viloyati misolida)
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashga doir dastlabki tajriba-sinov natijalari statistik jihatdan tahlil qilinadi. Jizzax viloyatidagi 10 ta oilaviy bolalar uyida 15 yosh va undan yuqori bo‘lgan 20 nafar respondent ishtirok etgan. Tadqiqot uch yo‘nalish: kommunal to‘lovlarni bilish, moliyaviy savodxonlik hamda oiladagi ijtimoiy muhit bo‘yicha olib borilgan. Natijalar jadval, ustunli va doiraviy diagrammalar orqali tizimlashtirilib, eng past va nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar, amaliy ehtiyojlar hamda pedagogik xulosalar aniqlangan. Hisobotdagi o‘rtacha natijalarga ko‘ra kommunal to‘lovlarni bilish 34,8%, moliyaviy savodxonlik 53,6%, oiladagi ijtimoiy muhit 53,6%ni tashkil etgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7610
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0