SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 292-295
FURQAT IJODIDA ILOHIY ISHQ TALQINI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada XIX asr o'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat ijodida ilohiy ishq talqinining badiiy-falsafiy xususiyatlari tahlil etiladi. Shoir lirikasida ishq tushunchasining ma‟naviy-axloqiy mohiyati, inson ruhiy kamoloti bilan aloqador jihatlari hamda oshiq va ma‟shuq munosabatlarining tasavvufiy mazmuni yoritiladi. Furqat she‟riyatida ilohiy ishqning badiiy ifodalanishida qo„llangan ramz, timsol, istiora va boshqa poetik vositalarning o'rni ochib beriladi. Shuningdek,shoirning ishqiy lirikasida dunyoviy muhabbat va ilohiy muhabbat o'rtasidagi munosabat, hijron va visol motivlarining ma‟naviy mazmuni hamda mumtoz adabiy an‟analar bilan bog'liqligi xususida mulohaza yuritiladi. Maqolada Furqatning ishq konsepsiyasi orqali insonning ruhiy olami, ma‟naviy izlanishlari va komillikka intilish jarayonlarini anglash masalalariga e‟tibor qaratiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7602
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0