SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 255-258
PREDMETNING NARRATIV AGENT SIFATIDAGI FUNKSIYASI: ORHAN PAMUK NASRIDA RAMZIYLIK VA MODDIYLIQ
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada Orhan Pamuk nasrida predmetlarning (buyum, ashyo, narsa) shunchaki badiiy fon emas, balki hikoya harakatining faol ishtirokchisi — narrativ agent sifatidagi funksiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot "Mening ismim Qizil", "Qor" va "Masumiyat muzeyi" asarlari misolida predmetning syujetni harakatga keltiruvchi vosita, ramziy ma'noning moddiy tashuvchisi va institutsional narrativ (muzey) shaklida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Asosiy e'tibor ramziylik va moddiylik o‘rtasidagi dialektik munosabatga qaratiladi: Pamukda ramziy ma'no predmetdan tashqarida emas, balki uning moddiy xususiyatlarida mavjd. Shuningdek, predmet vasub'ekt chegaralarining buzilishi, fetishizm va reifikatsiya jarayonlari, moddiy madaniyatning siyosiy-madaniy xotira bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Maqola predmetning narrativ agentlik darajalarini uch qatlamda — syujet tuguni, ramziy-moddiy birlik va muzeylashuv bosqichi — tizimlashtirishga harakat qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7592
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0