SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 252-254
O‘ZBEK XALQI ASSOTSIATIV-SOMATIK PORTRETI MILLIY MODELINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek xalqi assotsiativ-somatik portretining milliy modeli, uning shakllanish xususiyatlari va lingvomadaniy mazmuni tadqiq etiladi. Assotsiativ tajriba materiallari asosida inson tanasi a’zolarini anglatuvchi somatik birliklarning o‘zbek xalqi tashqi qiyofasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirishdagi roli yoritiladi. O‘zbek xalqi assotsiativ-somatik portreti milliy modelining milliylik, assotsiativlik, qism-butun, yadro-chegara, lingvomadaniylik, etnomadaniylik, stereotiplashganlik, aksiologik vaverballashish kabi xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, somatik belgilar orqali o‘zbek xalqining tashqi qiyofasiga oid milliy, etnik va qadriyatli tasavvurlarning ifodalanishi ochib beriladi. Tadqiqot natijalarining lingvomadaniyatshunoslik, etnolingvistika, psixolingvistika, ta’lim, amaliy va assotsiativ tilshunoslikdagi nazariy hamda amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7591
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0