SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 249-251
ZAMONAVIY INGLIZ TILI MEDIA DISKURSIDA “EKOLOGIK INQIROZ” KONSEPTINING LISONIY MODELLASHTIRILISHI (EKOLINGVISTIK TAHLIL)
Аннотация · Abstract
Ushbu tadqiqot zamonaviy ingliz tili media diskursida global "Ekologik inqiroz" (Environmental Crisis) konseptining lisoniy modellashtirilishi va uning ekolingvistik (ecolinguistic) xususiyatlarini aniqlashni maqsad qiladi. Tadqiqot obyekti sifatida nufuzli xalqaro nashrlar (The Guardian, The New York Times, The Independent) matnlaridagi ekologik mavzudagi maqolalar olindi. Ishda tanqidiy diskurs tahlili (CDA), konseptual metafora va ekolingvistik freymlash metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, media diskursda ekologik muammolar ko‘pincha militaristik va iqtisodiy metaforik modellar orqali ifodalanadi, bu esa jamiyatning ekologik ongiga differensial ta'sir ko‘rsatadi. Maqolada tilning tabiat va inson munosabatlarini shakllantirishdagi konstruktiv va destruktiv imkoniyatlari ilmiy asoslangan.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7590
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0