Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 233-236

SIYOSIY DISKURSDA METAFORANING LINGVOMADANIY O‘RGANILISHI THE LINGUOCULTURAL STUDY OF METAPHOR IN POLITICAL DISCOURSE

Ibragimova Parizod Maqsud qizi, Kushmanov Jasur Baxodirovich

Аннотация · Abstract

Maqolada siyosiy matnlardagi obrazli vositalarning kognitiv, ritorik-pragmatik, diskursiv va madaniy jihatlari xorijiy hamda o‘zbek tilshunosligidagi ilmiy qarashlar asosida tizimlashtirilgan. A.P. Chudinov, J. Charteris-Black, A. Musolff, G. Lakoff va Z. Kövecses yondashuvlari tahlil qilinib, ularning bir-birini to‘ldirishi ko‘rsatilgan. D.S. Xudoyberganova, Sh.T. Maxmaraimova, G.S. Nasrullayeva va boshqa o‘zbek olimlarining antropotsentrik, lingvomadaniy va pragmatik tadqiqotlari ko‘rib chiqilgan. Siyosiy metaforaning oddiymetaforadan farqi ongli tanlangan ritorik vosita sifatida aniqlangan. Natijada ingliz va o‘zbek davriy matbuotini qiyoslash uchun besh mezon taklif etilgan: konseptual model va manba sohasi, baholovchi mazmun, universal va milliy-spetsifik jihatlar, kontekst hamda kommunikativ-pragmatik vazifalar. Maqola keyingi empirik tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сведения · Details