Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 221-228

INGLIZ TILIDAGI IDROK FE‟LLARI SEMANTIKASIDA KUZATUVCHINING O„RNI

Sarimsokov Sirojiddin Shoyzokovich

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada ingliz tilidagi idrok fe‟llari semantikasida kuzatuvchining o'rni kognitivsemantik va funksional yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Idrok fe‟llari insonning tashqi olam haqidagi axborotni sezgi organlari orqali qabul qilishi, idrok jarayoniga ongli ravishda e‟tibor qaratishi hamda olingan axborotni tafakkur darajasida anglashini ifodalovchi muhim leksik-semantik birliklar hisoblanadi. Tadqiqotda, asosan, ko'rish va eshitish idrokini ifodalovchi “see”, “look at”, “watch”, “observe”, “notice”, “hear” va “listento” fe‟llarining semantik xususiyatlari o„rganiladi. Ushbu birliklarning ma‟nosi kuzatuvchining idrok jarayonidagi ishtiroki, diqqat darajasi, harakatning davomiyligi, nazorat qilish imkoniyati va axborot manbasiga munosabati bilan bog„liq holda izohlanadi. Nazariy manbalar tahlili va kontrastiv misollar asosida idrok fe‟llarining semantik farqlarini aniqlashda kuzatuvchini faqat grammatik ega sifatida emas, balki idrok hodisasini muayyan nuqtayi nazardan talqin qiluvchi kognitiv subyekt sifatida o'rganish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, bevosita sensor idrok bilan tafakkur orqali anglash o„rtasidagi semantik munosabatlar yoritiladi.

Сведения · Details