SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 214-220
METAFORIK KO‘CHIMLARNING EKSPRESSIV-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI: INGLIZ VA RUS TILLARI QIYOSIDA
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada metaforik ko‘chimlarning ekspressiv-pragmatik xususiyatlari ingliz va rus tillari qiyosida o‘rganiladi. Tadqiqotning dolzarbligi metaforaning nafaqat obrazli ifoda vositasi, balki baholash munosabatini shakllantirish, emotsional ta’sirni kuchaytirish va adresatning voqelikni idrok etishiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini aniqlash bilan belgilanadi. Tadqiqotning nazariy asosini konseptual metafora nazariyasi, kognitiv-semantik va pragmatik yondashuvlar tashkil etadi. Qiyosiy-semantik, kontekstual-pragmatik vafunksional tahlil asosida ingliz va rus tillaridagi metaforik ifodalarning semantik xususiyatlari hamda kommunikativ vazifalari o‘rganiladi. Natijada metaforaning intensivlashtirish, baholash, konkretlashtirish va diskursiv ramkalash funksiyalari yoritilib, semantik moslik va pragmatik ekvivalentlik o‘rtasidagi farqlar aniqlanadi. Tadqiqot metaforaning kommunikativ ta’siri kontekst, janr va so‘zlovchining maqsadiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7580
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0