SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 201-204
RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA SHAROITIDA ZAMONAVIY KOREYS TILIDAGI GRAMMATIK INNOVATSIYALARNI ANIQLASH MEZONLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi koreys tilida paydo bo‘layotgan yangi qo‘llanishlarni oddiy moda, qisqartma va so‘z o‘yinidan ajratish uchun oltita mezondan iborat tekshiruv tizimi taklif qilinadi. Mezonlar shakllanayotgan grammatika, grammatikalashuv va tobelikdan chiqish (insubordinatsiya) nazariyalariga tayanadi. Tizim uchta qo‘llanish misolida sinab ko‘rildi: ㅇㅈ qisqartmasi, 갓생 so‘zi va gap oxirida keladigan ~각 qolipi. Birinchisi qisqartma, ikkinchisi leksik yangilik, uchinchisi esa shakllanayotgangrammatik qolip sifatida baholandi. Mezonlar jamoaviy qabul qilinganlikni baholash uchun korpus ma’lumotini talab qilishi ko‘rsatildi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7577
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0