Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 121-125

INGLIZ TILI DARSLARIDA AUTENTIK MATERIALLAR VOSITASIDA TALABALARNING TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK MODELI

Niyazova Dildora Furkatovna

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida autentik materiallardan foydalanish asosida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi autentik matnlar, audioyozuvlar va videomateriallarni tahliliy topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalarning axborotni tahlil qilish, dalillarni baholash, turli nuqtayi nazarlarni qiyoslash va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yechimni asoslashdan iborat.Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, umumlashtirish va metodik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Natijada autentik materiallar bilan ishlashning mazmunni anglash, dalillarni tekshirish, muqobil qarashlarni taqqoslash va asoslangan fikr bildirishga yo‘naltirilgan bosqichli modeli ishlab chiqildi. Modelning didaktik imkoniyatlari, uni dars jarayonida amalga oshirish shartlari va talabalar faoliyatini baholash mezonlari yoritildi. Tadqiqot nazariy-metodik xususiyatga ega bo‘lib, taklif etilgan yondashuvning samaradorligini aniqlash uchun kelgusida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish zarurligi ta’kidlanadi.

Сведения · Details