SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 107-112
TIBBIYOT OLIY TA‟LIMIDA TALABALARNING RAQAMLI KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASHNING INTEGRATIV DIAGNOSTIK MODELI (“Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fani misolida)
Аннотация · Abstract
Maqolada tibbiyot oliy ta‟lim muassasalari talabalarining raqamli kasbiy kompetentligini baholashda uchraydigan asosiy muammo – baholashning bir yoqlamaligi, ya‟ni asosan nazariy bilimni test orqali o'lchash bilan cheklanib qolinishi tahlil qilingan. Muammoni hal etish uchun to'rt komponentli integrativ diagnostik model taklif etilgan: motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli-texnologik va refleksiv-axloqiy komponentlar. Har bir komponent uchun mezon, ko'rsatkich va baholash vositasi aniqlangan, komponentlarningvazn koeffitsiyentlari asoslangan hamda umumiy kompetentlik indeksini hisoblash formulasi ishlab chiqilgan. Model “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fani misolida klinik vaziyatga asoslangan topshiriqlar, elektron portfolio va o'z-o'zini baholash anketasi bilan to'ldirilgan. Taklif etilgan model talabaning kompetentlik darajasini to'rt bosqichda (boshlang'ich, asosiy, ilg'or, ijodiy) aniqlash va o'qituvchiga individual ta‟lim yo'nalishini tanlashda tayanch bo'lish imkonini beradi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7565
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0