Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 102-106

ILMIY ADABIYOTLARNI TANQIDIY TAHLIL QILISHNING MAGISTRANTLAR TADQIQOT FAOLIYATIDAGI O‘RNI

Jumayeva Mohigul Abduvohidovna

Аннотация · Abstract

Ilmiy axborot hajmining ortishi magistrantlardan manbalarni topish bilan birga ularning metodologik sifatini, dalillarining asoslanganligini va muayyan tadqiqotga aloqadorligini baholashni talab qilmoqda. Maqolaning maqsadi ilmiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilishning magistrant tadqiqot faoliyatidagi funksiyalarini aniqlashtirish hamda boshlang'ich ta‟limga oid izlanishlarda qo'llash mumkin bo'lgan tahliliy yondashuvni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda maqsadli tanlangan metodologik manbalar, pedagogiktadqiqotlar va ilmiy sharhlarni hisobot qilishga oid tavsiyalar konseptual-qiyosiy tahlil qilindi. Natijada manbaning mavzuga aloqadorligi, metodologik sifati va uning xulosalarini boshqa sharoitga tatbiq etish imkoniyati o'zaro bog'liq, biroq alohida baholanishi lozim bo'lgan mezonlar sifatida ajratildi. «Ilmiy da‟vo — dalil — metodologik asos — cheklov — tadqiqot qarori» ketma-ketligiga tayangan tahliliy matritsa taklif etildi. Bilim bo'shlig'ini dalillarning yetishmasligi, natijalarning nomuvofiqligi, o'lchov muammolari va kontekstual cheklovlar orqali asoslash yo'llari ko'rsatildi. Taklifning nazariy hissasi adabiyotlar tahlilini tadqiqot savoli vametod tanlashni asoslovchi faoliyat sifatida talqin qilishdan iborat. Yondashuvning ta‟limiy samaradorligi keyingi empirik tekshiruvni talab qiladi.

Сведения · Details