Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 98-101

“PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI” FANINI OʻQITISHDA FIKRLASH DIZAYNI METODINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Rahmonova Shoxruza Sobirjon qizi

Аннотация · Abstract

Maqolada “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini oʻqitishda fikrlash dizayni (desig thinking) metodining didaktik imkoniyatlari ochib beriladi. Muallif fanning nazariy mazmuni bilan boʻlajak oʻqituvchining amaliy faoliyati oʻrtasidagi uzilishni bartaraf etish vositasi sifatida metodning toʻrt bosqichli didaktik algoritmini taklif etadi: pedagogik muammoni identifikatsiya qilish — ustuvorlik belgilash — “pedagogik mahsulot” shakllantirish — samaradorlikni muntazam baholash. Tadqiqotda “pedagogik mahsulot” va “didaktikmahsulot” tushunchalari farqlangan, fan boʻyicha mustaqil ishlarning ilmiy tafakkurni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan turlari tasniflangan hamda buyurtma shaklidagi amaliy topshiriqlar namunalari keltirilgan. Taklif etilayotgan yondashuv talabani tayyor bilimni takrorlovchi emas, balki muammoni mustaqil shakllantiruvchi va unga tekshiriladigan yechim loyihalovchi subyektga aylantiradi.

Сведения · Details