SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 61-63
RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA O‘QUVCHI SHAXSINI TARBIYALASHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURATI
Аннотация · Abstract
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligidan boshlab raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining alohida sohasi bo‘lib qolmay, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, bilim ishlab chiqarish va tarqatish, qadriyatlarni namoyon qilish, shaxsiy identifikatsiya hamda kundalik xulq-atvorni boshqarishning universal muhitiga aylanib bormoqda. Mazkur jarayon, bir tomondan, ta’lim va tarbiya uchun ilgari mavjud bo‘lmagan imkoniyatlarni yuzaga chiqarsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchi shaxsining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tarkibini murakkablashtirmoqda. Shu sababli raqamli jamiyatni faqat texnik taraqqiyot natijasi sifatida emas, balki tarbiyanazariyasi uchun yangi obyektiv sharoitlarni yuzaga keltirgan ijtimoiy-pedagogik hodisa sifatida o‘rganish zarur. Maqolamizda aynan shu nuqta boshlang‘ich metodologik pozitsiya sifatida qabul qilinadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7532
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0