SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 94-97
XURSHID DO‘STMUHAMMAD NASRIDA BOZOR XRONOTOPINING POETIK IFODASI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada Xurshid Do‘stmuhammad nasrida bozor xronotopining hikoya, qissa va roman janrlaridagi tadrijiy shakllanishi ilmiy tahlilga tortiladi. Asosiy e’tibor bozor xronotopining dastlab hikoya janrida ramziy detal, xarakter ochuvchi vaziyat va ma’naviy sinov maydoni sifatida ko‘rinishi, qissa janrida esa xotira, ijtimoiy nazorat, tirikchilik tashvishi va ruhiy bosim bilan bog‘liq psixologik makonga aylanishi, roman janrida esa butun badiiy tizimni uyushtiruvchi markaziy poetik kategoriya darajasiga ko‘tarilishini asoslashga qaratilgan. Maqolada “Jajman”, “Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi”, “To‘xtaboyning boyliklari”, “Beozor qushning qarg‘ishi”, “Nusxakashning merosxo‘ri”, “Yoqub izquvarning hiylasi” hikoyalari, “Yolg‘iz” va “Kuza...” qissalari hamda “Bozor” romani material sifatida tanlandi. Tahlil jarayonida bozor xronotopining makoniy tasvir doirasidan chiqib, inson ruhiyati, milliy xotira, ijtimoiy munosabatlar va muallif konsepsiyasini ifodalovchi murakkab badiiy modelga aylanishi ko‘rsatildi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7520
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0