SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 90-93
ZAMONAVIY PSIXOLINGVISTIK TERMINLARNING STRUKTURAVIY VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy psixolingvistika terminologiyasining shakllanishi, rivojlanishi hamda psixolingvistik terminlarning strukturaviy va semantik xususiyatlari tadqiq etiladi. Psixolingvistikaning tilshunoslik, psixologiya, kognitiv fanlar va neyrofanlar bilan uzviy aloqada rivojlanishi uning terminologik tizimining ham kengayib, murakkablashib borishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqotda psixolingvistik terminlarning strukturaviy turlari, xususan, sodda, yasama, qo‘shma va ko‘p komponentli terminologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, language acquisition, language processing, lexical access, mental lexicon, word recognition, speech production, speech perception, bilingualism kabi terminlarning semantik mazmuni va nominativ xususiyatlari yoritiladi. Psixolingvistik terminlarda umumiste’mol leksikasining terminologik ixtisoslashuvi, termin komponentlari o‘rtasidagi semantik munosabatlar hamda terminologik birliklarning muayyan tushunchalar tizimidagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot natijalari psixolingvistik terminologiyaning tizimli, dinamik va fanlararo xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7519
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0