SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 61-65
TIL VA NUTQ BIRLIKLARINING NOMLASH XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada til va nutq birliklarining nominativ xususiyatlari, ularning borliqdagi narsa, hodisa, belgi, harakat va munosabatlarni nomlashdagi o‘rni hamda funksional imkoniyatlari tadqiq etiladi. Nominatsiya tilning asosiy funksiyalaridan biri sifatida talqin qilinib, uning leksik, grammatik va sintaktik sathlarda namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, so‘z, so‘z birikmasi, gap, atoqli ot va kontekstual birliklarning nominativ imkoniyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda tavsifiy, semantik, kontekstual va komponent tahlil usullaridan foydalaniladi. Tahlil natijalari nominativlikning til tizimi va nutq faoliyati o‘rtasidagi uzviy aloqani ta’minlashi, nomlash jarayonining inson tafakkuri, borliqni kategoriyalash va milliy-madaniy tajriba bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari nominatsiya hodisasini leksikologiya, semasiologiya, terminologiya va kognitiv tilshunoslik doirasida o‘rganish uchun nazariy ahamiyatga ega.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7511
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0