SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 10/1, с. 10-14
INGLIZ TILINI O'QITISHDA COOPERATIVE LEARNING (HAMKORLIKDA O'QITISH) TEXNOLOGIYASI VA EKOLOGIK TA'LIM INTEGRATSIYASINING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayoniga Cooperative Learning (hamkorlikda o‘qitish) texnologiyasini ekologik ta’lim mazmuni bilan integratsiyalashning nazariymetodologik, lingvodidaktik va pedagogik imkoniyatlari tadqiq etiladi. Globallashuv, barqaror rivojlanish konsepsiyasining ta’lim tizimiga tatbiq etilishi hamda ekologik muammolarning tobora dolzarblashuvi sharoitida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonini fanlararo integratsiya asosida tashkil etish zarurati ilmiy jihatdan asoslanadi.Tadqiqotning metodologik asosini ijtimoiy konstruktivizm, ijtimoiy o‘zaro bog‘liqlik nazariyasi, kommunikativ, kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar tashkil etadi. Ilmiy-metodik adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, pedagogik modellashtirish va nazariy umumlashtirish asosida ingliz tili mashg‘ulotlarida ekologik ta’lim mazmunini Cooperative Learning texnologiyasi bilan uyg‘unlashtirishning integrativ modeli taklif etiladi. Mazkur model ekologik muammolarni aniqlash, axborotni izlash va tanqidiy tahlil qilish, hamkorlikda muhokama yuritish, amaliy yechimlar ishlab chiqish, natijalarni ingliz tilida taqdim etish hamda refleksiv baholash bosqichlarini qamrab oladi. Shuningdek, Think–Pair–Share, Problem-Based Discussion va Project-Based Cooperative Learningkabi interfaol metodlarning kommunikativ, ekologik, ijtimoiy va metakognitiv kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari tizimlashtiriladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7493
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0