Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 90-96

MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA PEDAGOGLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA HUQUQIY TA’LIMNING BUGUNGI KUNDAGI ZARURATI

Boymirzayeva Raximaxon Xoshimjonovna

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada malaka oshirish tizimida pedagoglarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishda huquqiy ta’limning bugungi kundagi zarurati ilmiy-nazariy, pedagogik va normativ-huquqiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi ta’lim tizimida pedagogning huquqiy maqomi, ta’lim oluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, inson qadr-qimmati, tenglik, kamsitmaslik, pedagogik etika, mehnat huquqlari, inklyuziv ta’lim, raqamli muhit va huquqiy axborot bilan ishlash kabi masalalarning pedagog kasbiy faoliyatidagi o‘rni tobora kengayib borayotgani bilan belgilanadi. Huquqiy madaniyat faqat qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilish bilan chegaralanmay, huquqiy vaziyatni anglash, huquqiy axborotni izlash va baholash, tegishli huquq normasini aniqlash, undan amaliy faoliyatda foydalanish, o‘z huquqlari hamda ta’lim oluvchilarning huquqlarini qonuniy vositalar orqali himoya qilish qobiliyatini ham qamrab oluvchi kompleks kasbiy sifat sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan davlat siyosati hujjatlari tahlil qilindi. Shuningdek, so‘nggi yillarda e’lon qilingan xorijiyilmiy tadqiqotlar, xususan, pedagoglarning huquqiy savodxonligi va kasbiy rivojlanishining samarali shakllarigaoid Sco pus bazasidagi hamda xalqaro peer-review jurnallaridagi ilmiy ishlar o‘rganildi. Tadqiqot natijasida malaka oshirish tizimida huquqiy ta’limni ma’ruza va reproduktiv bilim berishga asoslangan modeldan amaliyotga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy modelga o‘tkazish zarurligi asoslandi. Pedagoglarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishning kognitiv, qadriyat-motivatsion, amaliy-huquqiy, kommunikativ va refleksiv komponentlari ajratib ko‘rsatildi hamda huquqiy kazus, muammoli ta’lim, huquqiy modellashtirish, rolli o‘yin, raqamli huquqiy ta’lim va refleksiv yondashuvga asoslangan metodik model taklif qilindi.

Сведения · Details