Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 86-89

TEXNIKA YO‘NALISHI TALABALARINING ABSTRAKT TAFAKKURINI GRAFIK DASTURLASH MUHITI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI (LABVIEW DASTURI MISOLIDA)

Umarova Benazir Botirjon qizi

Аннотация · Abstract

Maqolada texnika yo‘nalishi talabalarining abstrakt tafakkurini LabVIEW grafik dasturlash muhiti yordamida rivojlantirishning nazariy asoslari, mavjud tadqiqotlardagi yondashuvlar va metodik imkoniyatlar tahlil qilinadi. Abstrakt tafakkur muhandislik obyektidagi muhim xususiyatlarni ajratish, jarayonni modelga keltirish, modelning ishlashini tushuntirish va olingan yechimni yangi vaziyatga ko‘chirish qobiliyati sifatida izohlanadi. LabVIEWga oid tadqiqotlar muhandislik jarayonlarini modellashtirish va dasturlashni o‘qitishimkoniyatlarini ko‘rsatsa-da, ularda abstrakt tafakkur ko‘pincha mustaqil natija sifatida baholanmagan. Shu asosda maqolada real muhandislik vaziyatini tahlil qilishdan boshlab konseptual model tuzish, uni LabVIEWda amalga oshirish, tekshirish va boshqa masalaga ko‘chirishgacha bo‘lgan bosqichli metodika taklif e iladi. Shuningdek, abstrakt tafakkurni baholash mezonlari va metodikani tajribada tekshirish tartibi ishlab chiqiladi. Taklif etilgan modelning samaradorligi haqidagi xulosalar kelgusidagi pedagogik tajriba natijalari bilan tasdiqlanishi lozim.

Сведения · Details