SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 30-33
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING TRANSVERSAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning transversal kompetentligini rivojlantirishning pedagogik asoslari tahlil qilingan. Bugun maktabga kelayotgan o‘qituvchi uchun o‘z fanini bilishning o‘zi yetarli emas: u axborot oqimida mo‘ljal ola bilishi, raqamli muhitda hamkorlik qilishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilib borishi kerak. Muallif transversal kompetentlikn kognitiv-kreativ, kommunikativ-global, texnologik-raqamli va empatik-refleksiv bloklardan iborat yaxlit tuzilma sifatida talqin qiladi hamda uni rivojlantirishning metodologik, didaktik, texnologik va tashkiliy asoslarini ochibberadi. Tadqiqotda nazariy tahlil, me’yoriy hujjatlarni kontent-tahlil qilish, qiyosiy tahlil va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijada har bir blok uchun mos raqamli vositalar va ta’lim shakllari aniqlangan, jarayonning samarali kechishini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar belgilab berilgan. Maqola natijalaridan pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv dasturlarini yangilash va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishda foydalanish mumkin.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7422
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0