Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 26-29

O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDA LINGVISTIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Vaisova Malika Mansurbek qizi

Аннотация · Abstract

Maqolada o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Lingvistik kompetensiya tushunchasining mazmuni, unin kommunikativ kompetensiya tarkibidagi o‘rni hamda fonetik, leksik, grammatik, orfografik va uslubiy komponentlari yoritiladi. Shuningdek, lingvistik kompetensiyani shakllantirishda samarali bo‘lgan usullar – kontekstual o‘qitish, matn ustida ishlash, muammoli-izlanishli topshiriqlar, lingvistik tahlil, korpus materiallaridanfoydalanish va refleksiv faoliyat usullari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarida ona tili hamda o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitish amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Сведения · Details