SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 128-130
O‘ZBEK VA INGLIZ IJTIMOIY-SIYOSIY DISKURSI PARALLEL KORPUSIDA EVFEMIZATSIYANING PRAGMATIK FUNKSIYALARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz ijtimoiy-siyosiy diskursining parallel korpuslari asosida evfemizatsiyaning pragmatik va diskursiv funksiyalarini aniqlash masalasi yoritiladi. Tadqiqotda evfemizm faqat bevosita nomlashni yumshatuvchi leksik vosita sifatida emas, balki siyosiy mazmunni tanlash, qayta ramkalash, ijtimoiy jihatdan maqbul shaklda taqdimetish va auditoriya reaksiyasini boshqarishga xizmat qiluvchi diskursiv strategiya sifatida talqin qilinadi. Korpusga asoslangan yondashuv kontekst, chastota, kollokatsiya, semantikprosodiya va parallel mosliklarni birgalikda tahlil qilish imkonini beradi. Tahlil natijalari evfemizatsiyaning asosiy pragmatik funksiyalari sifatida yumshatish, yuzni saqlash, salbiy bahoni neytrallashtirish, mas’uliyatni bilvosita ifodalash, legitimlashtirish va bahsli mazmunni yashirish yoki xiralashtirish funksiyalarini ajratish mumkinligini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7414
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0