SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 109-111
O‘ZBEK JADID ADABIYOTIDA MUHOJIRLIK VA QUVG‘INLIK MAVZUSI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek jadid adabiyotida muhojirlik va quvg‘inlik mavzusining badiiy-estetik hamda ijtimoiy-tarixiy talqini tadqiq etiladi. XX asr boshlarida Turkiston hududida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlar jadid ijodkorlari hayoti va ijodiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Jadidlarning ma’rifat, milliy ozodlik, istiqlol va milliy o‘zlikni anglash haqidagi qarashlari ularning badiiy va publitsistik asarlarida turli obraz va ramzlar orqali ifodalangan. Maqolada Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy kabi ijodkorlarning merosi asosida vatanidan uzoqlashish, begonalik, quvg‘in, siyosiy ta’qib, Vatan sog‘inchi va milliy ozodlik g‘oyalarining o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida muhojirlik va quvg‘inlik jadid adabiyotida faqat geografik yoki siyosiy holat emas, balki insonning ruhiy kechinmalari, milliy o‘zlik va Vatan tushunchalari bilan bog‘liq murakkab badiiy hodisa sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7410
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0