SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 54-57
BADIIY PSIXOLOGIZMNING SHAKLLARI VA TARIXIY QAHRAMON RUHIYATINI TASVIRLASH USULLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada badiiy psixologizmning nazariy mohiyati, uning asosiy shakllari va tarixiy qahramon ruhiyatini tasvirlashda qo‘llanadigan narrativ-poetik usullar tizimlashtiriladi. Psixologizm qahramonning ichki dunyosini shunchaki nomlash emas, balki ruhiy jarayonni syujet, konflikt, nuqtayi nazar, ichki nutq, xotira, detal va tarixiy muhit bilan uzviy holda badiiy tashkil etish tamoyili sifatida talqin qilinadi. D. Cohn, R. Humphrey, W. Booth, G. Lukács, D. Quronov qarashlari asosida bevosita, bilvosita, retrospektiv-assotsiativ vasintetik psixologik tasvir shakllari ajratiladi. Tarixiy qahramon psixologizmining o‘ziga xosligi manbaviy fakt, tarixiy mentalitet va badiiy ehtimollikning muvozanatida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Natijada tarixiy shaxs ruhiyatini tahlil qilishning besh mezoni: manbaviy ehtimollik, davrga mos ruhiy motivatsiya, narrativ vositachilik, individualizatsiya va konseptual funksiya taklif etiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7395
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0