SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 42-46
NODIM NAMANGONIY G‘AZALLARIDA LIRIK KECHINMANING BADIIY IFODASI
Аннотация · Abstract
Maqolada Nodim Namangoniyning “Tanlangan she’rlar” to‘plamidagi g‘azallar asosida lirik kechinmaning badiiy ifodasi o‘rganiladi. Hijron, yolg‘izlik va diyor sog‘inchi bilan bog‘liq ruhiy holatlar baytlarning mazmuni, obrazlar munosabati hamda qofiya va radifning vazifasi orqali tahlil qilinadi. “Harfi ishqingni yozarda…”, “Bahor ayyomi keldi…”, “Yor etib azmi safar…”, “Erur ko‘nglum parishon…” kabi g‘azallarda his-tuyg‘uning kuchayishi va ma’no o‘zgarishlari kuzatiladi. Tahlil oshiq kechinmasi ayrim she’rlarda tabiatga ko‘chirilishini, boshqalarida esa kundalik hayotga yaqin holatlar bilan ochilishini ko‘rsatadi. Shoirning an’anaviy obrazlardan foydalanishdagi mahorati g‘azalning umumiy mazmuni va baytlar orasidagi bog‘lanish asosida baholanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7392
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0