Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 11-15

SO‘Z BIRIKMALARINING BADIIY VA PUBLITSISTIK MATNLARDA PRAGMATIKKOMMUNIKATIV VAZIFALARI

Ozoda Eshqobilova Xalikulovna

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada so‘z birikmalarining badiiy va publitsistik matnlarda namoyon bo‘ladigan pragmatik-kommunikativ vazifalari tahlil qilinadi. So‘z birikmalari sintaktik birlik sifatida nafaqat predmet, belgi, harakat va munosabatlarni ifodalash, balki muallifning kommunikativ niyati, baholovchi munosabati, hissiyekspressiv holati hamda adresatga yo‘naltirilgan ta’sirini ifodalash imkoniyatiga ega. Tadqiqotda badiiy vapublitsistik matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib, so‘z birikmalarining axborot-kommunikativ,baholovchi, ekspressiv-emotsional, obrazli, argumentativ, ta’sirchan va matnni shakllantiruvchi funksiyalari yoritiladi. Badiiy matnda so‘z birikmalari obraz yaratish, qahramonning ruhiy holatini ochib berish, estetik ta’sirnikuch aytirish va muallif munosabatini ifodalashga xizmat qilishi aniqlanadi. Publitsistik matnda esa ular ijtimoiy voqea-hodisalarni tavsiflash, muayyan muammoni dolzarblashtirish, baholash, o‘quvchi e’tiborini jalb qilish va kommunikativ ta’sirni kuchaytirishda faol qo‘llanadi. Shuningdek, pragmatik mazmunning shakllanishida kontekst, kommunikativ vaziyat, muallif maqsadi va matnning funksional uslubi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari so‘z birikmalarini faqat grammatik va semantik birlik sifatida emas, balki matnning pragmatikkommunikativ tashkil etilishida faol ishtirok etuvchi lisoniy vosita sifatida baholash imkonini beradi.

Сведения · Details