Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/2, с. 6-10

BOSHLANG‘ICH DARAJADAGI O‘ZBEK TALABALARINING YAPON TILIDAGI YOZMA NUTQ XATOLARI

Umarova Munojot, Xurramova E’zozaxon

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolaning maqsadi yapon tilini o‘rganayotgan boshlang‘ich darajadagi o‘zbek talabalarining yozma nutq xatolariga oid ilmiy manbalarni tizimlashtirish va kelgusi tadqiqotlar uchun ilmiy poydevor yaratishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, S. P. Corder va R. Ellisning xatolar tahlili nazariyasiga tayanilgan. Tahlillar natijasida yordamchi so‘zlar, leksik tanlov, grammatik birliklar va gap qurilishidagi xatolar asosiy muammolar ekani aniqlandi. Maqolada talabalar yozma ishlaridan iborat o‘rganuvchi korpusini shakllantirish, xatolarni yagona mezonlar asosida tasniflash va ularni vaqt davomida kuzatish taklif etilgan. Natijalar o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Сведения · Details