SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 382-384
XX–XXI ASR INGLIZ VA O‘ZBEK ADABIYOTIDA MIFOPOETIKANING QIYOSIY-TIPOLOGIK TALQINI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada XX–XXI asrlar ingliz va o‘zbek adabiyotshunosligida mifopoetika muammosining nazariy asoslari qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning bosh maqsadi G‘arb va milliy adabiy tafakkurda mif, arxetip hamda neomifologizm kabi tushunchalarning rivojlanishini, ularning zamonaviy adabiyotdagi ahamiyatini ilmiy qiyoslashdan iboratdir. Ishda qiyosiy-tipologik, germenevtik va arxetipik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida ingliz adabiyotshunosligida N. Frye, M. Bodkin, L. Feder kabi olimlar tomonidan yaratilgan mifokritika maktabining strukturaviy modellari o‘rganildi; shuningdek, o‘zbek adabiyotshunosligida Q. Yo‘ldoshev, D. Salohiy, H. Boltaboyev, hamda N. Shodiyeva kabi olimlarning ilmiy qarashlari tahlilga tortildi. Natijada har ikki ilmiy an’anada ilgari surilgan konsepsiyalarning tipologik mushtaraklikka ega ekanligi asoslandi. Jumladan, ingliz adabiy an’anasida mif ibtidoiy xaosdan tartib izlash mexanizmi sifatida talqin qilinsa, o‘zbek ilmiy tafakkurida u milliy-madaniy ildizlarga qaytish hamda ekzistensial inqirozni yengish vositasi sifatida tadqiq etilganligi aniqlandi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7375
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0