SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 313-317
ADABIY TOPISHMOQLARNING BOSHQA FOLKLOR JANRLARI HAMDA FANLAR BILAN ALOQASI
Аннотация · Abstract
Maqolada adabiy topishmoqlarning folklor tizimidagi o‘rni, boshqa xalq og‘zaki ijodi janrlari hamda turli fan sohalari bilan aloqasi ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etiladi. Topishmoqlarning maqol va matallar, ertaklar, dostonlar, tez aytishlar hamda bolalar folklori namunalari bilan mushtarak va farqli jihatlari konkret misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, topishmoqlarning adabiyotshunoslik, tilshunoslik, folklorshunoslik, etnografiya, psixologiya, pedagogika va kognitiv fanlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Topishmoq matnining metaforik tabiati, predmet va hodisalarning yashirin belgilari asosida obraz yaratish usuli, savol-javob modelihamda assotsiativ tafakkurni shakllantirish xususiyatlari ilmiy asosda tavsiflanadi. Tadqiqot natijasida adabiy topishmoq folklor janrlari o‘rtasidagi poetik aloqalarni namoyon qiluvchi, xalqning lisoniy, badiiy, etnomadaniy va kognitiv tajribasini mujassamlashtiruvchi sinkretik hodisa ekanligi asoslanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7348
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0