SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 286-289
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA KONTAKT FE’LLARINING LEKSIK-SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida kontakt ma’nosini ifodalovchi fe’llarning funksional-semantik xususiyatlari qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Kontakt fe’llar inson, predmet yoki boshqa obyektlarning o‘zaro jismoniy aloqasi, tegishi, ushlashi, silashi va zarba berishi bilan bog‘liq harakatlarni ifodalovchi leksik birliklar sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz tilidagi touch, hold, grasp, stroke, tap, pat, press, hit, knock, rub kabi fe’llarning hamda o‘zbek tilidagi tegmoq, ushlamoq, changallamoq, silamoq,qoqmoq, bosmoq, urmoq, ishqalamоq kabi fe’llarning semantik tarkibi, valentligi va funksional qo‘llanishi qiyoslanadi. Kontakt fe’llar funksional-semantik maydonining yadrosi va periferiyasi aniqlanib, ularning umumiy va differensial semalari ochib beriladi. Shuningdek, kontakt fe’llarning kontekstual va metaforik ma’nolarining shakllanish xususiyatlari ham tahlil qilinadi
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7341
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0