SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 164-169
ONA TILI DARSLARIDA QADRIYAT MAZMUNLI TIL MATERIALLARI BILAN ISHLASHNING BOSQICHLI DARS TIZIMI
Аннотация · Abstract
Maqolada milliy qadriyat mazmuniga ega til materiallaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili darslarida foydalanishning bosqichli tizimi yoritilgan. Amaldagi ona tili darsliklari va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalardagi milliy-madaniy mazmunli matn hamda topshiriqlar tahlili asosida dars materialini tanlash mezonlari va uning to‘rt tarkibiy qismi (tayanch matn, lisoniy obyekt, aksiologik mazmun, yakuniy nutqiy faoliyat) aniqlangan. Material bilan ishlashning kontekstga kirish, lisoniy kuzatish, madaniy-mazmuniy talqin va mustaqil nutqiy qo‘llashdan iborat to‘rt bosqichli ketma-ketligi 5-, 6-, 7- va 10-sinf darslari misolida asoslangan. Sinflararo davomiylik qadriyat nomlarining ko‘payishida emas, o‘quvchi bajaradigan lisoniy, tahliliy va kommunikativ amallarning murakkablashuvida namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7336
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0