Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 131-136

TARIX FANINI OʻQITISHDA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING ADAPTIV METODIKASI

Nurmetova Muhayyo

Аннотация · Abstract

Maqolada tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini muntazam diagnostika qilish asosida tarixiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan adaptiv metodika nazariy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotning maqsadi tarixiy manba bilan ishlash, dalilni kontekstlashtirish, manbalarni o‘zaro tekshirish, sabab-oqibat aloqalarini izohlash, davomiylik va o‘zgarishni farqlash hamda tarixiy nuqtayi nazarni tiklash ko‘nikmalarini o‘quvchining tayyorgarligi, kognitiv qiyinchiligi va o‘quv yordami ehtiyojiga mos holda rivojlantiruvchi diagnostik-adaptiv siklni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni qiyosiy-tahliliy o‘rganish, konseptual modellashtirish, pedagogik loyihalash va mezonli baholash usullaridan foydalanildi.

Сведения · Details