Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 228-232

RETSIPROKLI QURILMALARDA SUBYEKT VA OBYEKT MUNOSABATLARINING TRANSFORMATSIYASI

Sharipov Bobur

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi retsiprokli qurilmalarda subyekt va obyekt munosabatlarining transformatsiyasi semantik va sintaktik jihatdan tahlil qilinadi. Retsiprokli munosabatning shakllanishida ishtirokchilarning subyekt va obyekt pozitsiyalaridagi o‘zgarishi, ularning semantik rollari hamda o‘zaro yo‘nalgan harakat munosabatining yuzaga kelish mexanizmlari yoritiladi. Tadqiqotda transformatsion, semantik, sintaktik, komponent va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanilgan. Tahlil natijasida retsiprokli qurilmalarda dastlabki subyekt-obyekt munosabatining o‘zaro subyektlik munosabatiga transformatsiyalanishi, ya’ni bir tomonlama harakatning o‘zaro yo‘nalgan harakatga aylanishi aniqlangan. Shuningdek, retsiprokli va birgalikdagi harakat ma’nolari o‘rtasidagi semantik farqlar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilida retsiprokli qurilmalarning semantik-sintaktik tabiatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Сведения · Details