SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 126-130
EKOPEDAGOGIKANING AXLOQIY ASOSI VA EKOLOGIK ETIKA
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada ekopedagogikaning axloqiy-falsafiy asoslaridan biri bo‘lgan “Yer xartiyasi”ning shakllanish tarixi, mazmun-mohiyati va ta’limiy ahamiyati tahlil qilinadi. “Yer xartiyasi” XXI asr global jamiyatining tabiatga hurmat, inson huquqlari, ijtimoiy va iqtisodiy adolat, tinchlik hamda barqaror rivojlanishga asoslangan universal qadriyatlarini ifodalovchi xalqaro deklaratsiya sifatida qaraladi. Tadqiqotda M. Gadotti, R. Kahn, A. Naess, A. Leopold, F. Capra, D. Orr va boshqa olimlarning ekopedagogika, ekologik etika va barqaror ta’limga oid qarashlari tahlil qilindi. “Yer xartiyasi”ning to‘rtta asosiy yo‘nalishi — tirik mavjudotlar hamjamiyatini hurmat qilish va unga g‘amxo‘rlik qilish, ekologik yaxlitlik, ijtimoiy va iqtisodiy adolat, demokratiya, zo‘ravonliksiz munosabat va tinchlik — ekopedagogik ta’limning mazmuniy asoslari sifatida yoritildi. Shuningdek, ekologik etika, avlodlararo mas’uliyat, biologik xilma-xillikni asrash, ekologik adolat va inson-tabiat munosabatlarini uyg‘unlashtirish masalalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni ochib berildi. Natijalar “Yer xartiyasi” tamoyillari ekologik bilim bilan bir qatorda ekologik qadriyat, mas’uliyat va amaliy faoliyatni shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7302
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0