SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 119-122
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY ERUDITSIYASINI RAQAMLI TA’LIM RESURSLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOY PEDAGOGIK ZARURIYATI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy eruditsiyasini raqamli ta’lim resurslari asosida rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati tahlil etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchining kasbiy kompetentligini faqat muayyan fan doirasidagi bilimlar bilan cheklab bo‘lmaydi. Undan fanlararo bilimlarni o‘zlashtirish, axborotni izlash, saralash, tahlil qilish va pedagogik faoliyatga tatbiq etish, raqamli ta’lim muhitida mustaqil ishlash hamda ta’lim oluvchilarning individual ehtiyojlariga mos pedagogik yechimlarni ishlab chiqish qobiliyati talab etiladi. Shu nuqtayi nazardan, kasbiy eruditsiya bo‘lajak pedagogning nazariy bilimlari, amaliy tajribasi, umumiy va kasbiy dunyoqarashi, axborot-digital savodxonligi hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarining integrativ namoyon bo‘lish shakli sifatida qaraladi. Maqolada raqamli ta’lim resurslarining bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy eruditsiyasini rivojlantirishdagi didaktik va ijtimoiy imkoniyatlari ochib berilib, ushbu jarayonning mazmuniy, motivatsion, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv komponentlari asoslanadi. Shuningdek, raqamli resurslardan maqsadli foydalanishning pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’limning ochiqligi va uzluksizligini ta’minlash hamda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati yoritiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7300
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0