SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 127-130
FARHOD MUSAJONOVNING “ORZUGA AYB YO‘Q” QISSASIDA BOLA RUHIYATINING BADIIY TALQINI
Аннотация · Abstract
Maqolada Farhod Musajonovning “Orzuga ayb yo‘q” qissasida orzu motivi, bolalar tafakkuri, psixologik detal, ichki dramatizm va matndagi bo‘shliqlarning poetik funksiyasi tahlil qilinadi. Sayfi va To‘lagan obrazlari misolida bolalarga xos romantik tasavvur, ishonuvchanlik, tortinchoqlik, hissiy ta’sirchanlik va insoniy uyg‘onish jarayonlari ko‘rsatiladi. Qissadagi kinoapparat, sariyog‘ kabi detallarning obraz va motiv yaratishdagi vazifasi, sarlavhaning mazmuniy yuklamasi, dialog va sukutning ruhiy holatni ifodalashdagi imkoniyatlari hamda muallifning o‘quvchi interpretatsiyasiga qoldirgan “bo‘shliqlari” masalasi yoritiladi. Tahlil qissa poetikasining orzu motivi va psixologik tasvirning o‘zaro aloqasi asosida shakllanishini ko‘rsatishga qaratilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7277
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0