SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 103-107
YUQORI SINF OʻQUVCHILARINING INGLIZ TILI LEKSIK KOMPETENSIYASINI SUNʼIY INTELLEKT VOSITALARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация · Abstract
Maqolada yuqori sinf oʻquvchilarining ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini sunʼiy intellekt (SI) vositalari asosida rivojlantirish metodikasining samaradorligini aniqlashga qaratilgan pedagogik tajriba-sinovning mazmuni, tashkil etilishi va oʻtkazilish metodikasi yoritilgan. Tajriba “diagnostika → SI asosidagi intervensiya → joriy monitoring → yakuniy diagnostika → statistik tahlil” izchilligida qurilgan. SI integratsiyalashgan mashgʻulotning besh bosqichli modeli hamda kontekstual leksikani oʻqitish, semantik tarmoqlar va konseptual xaritalash, soʻz yasash va kollokatsiyalar, kommunikativ leksikani qoʻllash, kognitiv-ijodiy leksik faoliyatdan iborat besh yoʻnalishli intervensiya mazmuni asoslab berilgan. Leksik kompetensiya reseptiv, produktiv, kollokatsion, ijodiy va kognitiv komponentlar kesimida diagnostika qilinadi, har bir komponent uchun maxsus topshiriq turlari belgilangan.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7274
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0