Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 75-79

BUXORO VILOYATI ORONIMLARIDA LUG‘AVIY QATLAMLAR MUNOSABATI

Sh.N.Rahmatullayev

Аннотация · Abstract

Maqolada Buxoro viloyati oronimlarining lug‘aviy qatlamlarga munosabati o‘z va o‘zlashgan leksika, tarixiy-etimologik qatlam hamda qatlamlararo integratsiya nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. Buxoro toponimik tizimining o‘zbekcha (turkiy), fors-tojikcha, arabcha va so‘g‘dcha elementlardan tarkib topganligi haqidagi ilmiy qarashlar oronimik material bilan bog‘lab talqin qilinadi. Ko‘kcha tog‘i, Qoratog‘, Quljuq tog‘, Abumuslim tepaligi kabi birliklar asosida oronim tarkibidagi nominativ asos va orografik indikatorning qatlamiy mansubligi farqlanadi. Shuningdek, Arabtepa, Naymantepa, Mang‘ittepa kabi tepa indikatorli etnotoponimlar sof oronim emasligi, biroq oronimik leksemaning boshqa toponimik turlarga ko‘chishi va turli tarixiy qatlamlar bilan birikishini ko‘rsatuvchi transonimik birliklar ekanligi asoslanadi. Tadqiqot natijasida Buxoro oronimiyasida turkiy oroterminlar tayanch qatlamni tashkil qilishi, o‘zlashgan va tarixiy komponentlar esa ko‘proq nominativ asos, antroponim, etnonim yoki transonimik komponent sifatida qatnashishi haqidagi xulosa ilgari suriladi.

Сведения · Details