SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 53-57
O‘ZBEK OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MATNLARIDA IRONIYANING IFODALANISH XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek ommaviy axborot vositalari matnlarida ironiyaning lingvistik va pragmatik ifodalanish xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek OAV matnlarida uchraydigan ironik birliklarni aniqlash, ularni ifodalanish shakllari bo‘yicha tasniflash hamda asosiy kommunikativ funksiyalarini belgilashdan iborat. Empirik material sifatida 2024–2026-yillarda Kun.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz va Qalampir.uz internet nashrlarida e’lon qilingan 100 ta o‘zbek tilidagi media materiali tanlab olindi. Tadqiqotda kontent-tahlil, kontekstual, lingvostilistik va pragmatik tahlil metodlaridan foydalanildi. Kommunikativ jihatdan ironiyaning tanqidiy-baholovchi, yashirin muallif pozitsiyasini ifodalovchi, fosh etuvchi, ekspressiv va diqqatni jalb qiluvchi funksiyalari ustunligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari o‘zbek media diskursida ironiya faqat yumor yaratish vositasi emas, balki muallifning bahosi, yashirin tanqidi va pragmatik ta’sirini ifodalovchi muhim kommunikativ vosita ekanligini ko‘rsatdi.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7236
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0