Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 9/1, с. 27-31

TO‘RESH ALLANAZAROVNING “AYDOS BABA” TRAGEDIYASIDA MOTIVLAR POETIKASI

Ayimbetova Zamira

Аннотация · Abstract

Maqolada To‘resh Allanazarovning “Aydos baba” tarixiy tragediyasidagi motivlar tizimi struktur-semantik va funksional-motivologik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi asarning uch bo‘limli kompozitsiyasini shakllantiruvchi motivlarni aniqlash, ularning sintagmatik rivoji, paradigmatik munosabatlari va dramaturgik funksiyalarini ochib berishdan iborat. Motivni mavzu, obraz yoki oddiy takroriy detal bilan aynanlashtirmaslik tamoyiliga asoslanib, semantik barqarorlik, takroriy voqelanish, struktur-funksional faollik va kompozitsion salmoq mezonlari qo‘llanildi. Tahlil natijasida “Arazlasıw – Kek – Ókinish” uchligi tragediyaning nafaqat tashqi kompozitsiyasi, balki ichki sababiy-motivik grammatikasi ekanligi aniqlandi. Birlik va xalq xizmati, aka-ukalar o‘rtasidagi hokimiyat-sha’n konflikti hamda siyosiy patronaj asarning yuqori motivik qatlamini tashkil etishi; davlatlilik, sukut, mish-mish, obro‘, urush, yo‘qotish, pushaymon, ishonch va tarixiy haqiqat motivlari ushbu magistral yo‘nalishlarni rivojlantirishi asoslandi. Non, kumush tanga, sarpo, oltin sopli pichoq, tuproq, maslahat o‘tovi, ot, jarchi ovozi, yorug‘lik va qorong‘ilik kabi mikromotivlarning siyosiy-axloqiy mazmunni milliy-madaniy va sahnaviy shaklda konkretlashtirishi ko‘rsatildi. Tragediyaning umumiy motivik formulasi qarindoshlik va hokimiyat yaxlitligining buzilishidan tarixiy guvohlik va xotirani tiklashgacha davom etuvchi fojiali jarayon sifatida talqin qilindi.

Сведения · Details