SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 8/2, с. 63-68
TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARI VA QIZLAR TA’LIMI: JADIDCHILIK HARAKATINING AYOLLAR MAVQEYIGA TA’SIRI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-madaniy hayotida shakllangan jadidchilik harakatining ta’lim sohasidagi islohotlari, xususan, yangi usul maktablarining rivojlanishi va xotin-qizlar ta’limiga munosabati tadqiq etiladi. Tadqiqotda jadid ma’rifatparvarlarining ayollar ma’rifati, oilaviy tarbiya va jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning o‘rni haqidagi qarashlari tarixiy manbalar, jadid matbuoti va ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Ismoil Gasprinskiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdulla Avloniy kabi ma’rifatparvarlarning ta’limga oid qarashlari qizlar ta’limining rivojlanishi bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. An’anaviy ta’lim shakllari bilan yangi usul maktablari o‘rtasidagi metodik va mazmuniy farqlar tahlil qilinib, jadidchilikning xotin-qizlar savodxonligi va ijtimoiy faolligiga ta’siri aniqlanadi. Tadqiqot natijalari jadidlarning ayollar ta’limini jamiyatning ma’naviy va ijtimoiy yangilanishi bilan bog‘laganini ko‘rsatadi. Yangi usul maktablari keng hududni to‘liq qamrab olmagan bo‘lsa-da, ular qizlarning ma’rifat olish imkoniyatlarini kengaytirish va ayolning jamiyatdagi mavqeyini yangicha talqin qilish uchun muhim ma’rifiy zamin yaratgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66345/st.7209
- Журнал · Journal SCIENCE TIME
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0