Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 8/2, с. 101-104

O‘ZBEK XALQ DOSTONLARIDA METAMORFOZANING EPIK FUNKSIYALARI VA BADIIY MA’NO QATLAMI

Ramazonova Go‘zal Chori qizi

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada metamorfozaning xalqning totemistik va mifologik qarashlari, tabiat va inson o‘rtasidagi qadimiy tasavvurlar bilan uzviy aloqadorligi ochib beriladi. “Malika ayyor”, “Yunus va Misqol pari”, “Hurliqo va Hamro” kabi dostonlar misolida qahramonlarning qush, xususan, kaptar qiyofasiga evrilishi tahlil qilinib, mazkur motivning syujet rivojini jadallashtirish, qahramonning muayyan vaziyatdan chiqib ketishini ta’minlash, makon va zamon almashinuvini tezlashtirish, xavfdan himoyalanish hamda asarning badiiy-estetik ta’sirchanligini kuchaytirishdagi vazifalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida dostonlardagi metamorfoza tasodifiy fantastik hodisa emas, balki xalqning tarixiy-mifologik tafakkuri va epik badiiy mantiqiga asoslangan muhim poetik vosita ekanligi asoslanadi.

Сведения · Details