Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 8/2, с. 84-87

DINIY-TASAVVUFIY ASARLARDA RUHIY QUVVAT KONSEPTI

Hasanova Gulbahor G‘ayratovna

Аннотация · Abstract

Mazkur maqola diniy-tasavvufiy asarlarda ruhiy quvvat konseptining mazmuniy, semantik va badiiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda insonning ruhiy-ma’naviy olamini ifodalovchi ruh, qalb, nafs, ishq, ma’rifat, nur, saodat va komillik kabi tushunchalarning diniy-tasavvufiy tafakkurda ruhiy quvvat konseptini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ruhiy quvvat konseptining insonning ichki dunyosi, ma’naviy poklanishi, o‘zligini anglashi, nafsni jilovlashi va komillikka intilishi bilan bog‘liq mazmuniy qatlamlari ochib beriladi. Shuningdek, mazkur konseptning badiiy matnda metaforik, ramziy va obrazli vositalar orqali ifodalanish xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Maqolada ruhiy quvvat konseptining tarkibiy-semantik xususiyatlari, uning mazmuniy komponentlari hamda konseptual maydondagi o‘zaro munosabatlari aniqlanadi. Shuningdek, inson ruhiyatida kechadigan ichki kurash, nafsni yengish, ma’naviy poklanish, ilohiy ishqqa intilish, ma’rifatga erishish va komillikka yetishish kabi jarayonlarning badiiy ifodasi tadqiq etiladi.

Сведения · Details