Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 7/1, с. 95-98

DIALEKTAL LISONIY SHAXS TADQIQIDA AN’ANAVIY DIALEKTOGRAFIYA VA ZAMONAVIY SOTSIOLINGVISTIK USULLARNING UYG‘UNLASHUVI

Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek dialektologiyasida dialektal lisoniy shaxsni tadqiq etishning metodologik asoslari antropotsentrik paradigma doirasida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi an’anaviy dialektografiya yutuqlarini zamonaviy sotsiolingvistik va kognitiv usullar bilan uyg‘unlashtirishdir. Shuningdek, sohani statik tavsiflash bosqichidan subyektiv-talqin (interpretativ) sathiga o‘tkazishdan iborat. Ishda assotsiativ eksperiment, narrativ intervyu va ishtirokchi kuzatuvni birlashtiruvchi integrativ metodologiya taklif etiladi. Antropotsentrik kartografiya doirasida “til-makon-shaxs” triadasi yordamida lisoniy markerlarni ijtimoiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lab xaritalash va hududiy shevaning hayotiylik darajasini bashorat qilish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek dialektologiyasini tavsifiy bayondan kognitiv talqin sathiga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Сведения · Details