Central Asian Research Index

SCIENCE TIME, 2026, т. 4, № 7/1, с. 43-46

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA METAKOGNITIV STRATEGIYALARNI DIAGNOSTIKA QILISHNING MEZON-KO‘RSATKICHLI TIZIMI VA PEDAGOGIK VAZIYATLAR TAHLILI

Nasirdinov Muslimbek Mamarafiq o‘g‘li

Аннотация · Abstract

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda metakognitiv strategiyalarning shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan mezon-ko‘rsatkichli diagnostik tizim taqdim etilgan. Tadqiqotda metakognitiv strategiyalarning to‘rt asosiy turi — rejalashtirish, monitoring, baholash va to‘g‘rilash — bo‘yicha to‘qqiz ko‘rsatkichdan iborat baholash matritsasi asoslab berilgan. Pedagogika ta'lim yo‘nalishi talabalarining haqiqiy o‘quv jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan 12 ta tipik pedagogik vaziyatga oid yozma javoblari kontent-analiz metodi yordamida tahlil qilingan (N=86). Tahlil natijalari talabalarning aksariyati monitoring va to‘g‘rilash strategiyalarini qo‘llashda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirishini, rejalashtirish strategiyalari nisbatan yaxshi shakllanganini ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida metakognitiv strategiyalarni shakllantirishning differensiyalashgan yondashuvini qo‘llash zarurligi haqida xulosa chiqarilgan.

Сведения · Details