Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 400

ZAMONAVIY DARSLIK MATNLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Muattaroy Xaliljon qizi Abdullayeva

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy ona tili ta’limida darslik matnlarining o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda matn bilan ishlashning nazariy asoslari yoritilib, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar tavsiflanadi. Xususan, matn asosida tashkil etilgan interfaol metodlarning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil qilish, muloqot madaniyati hamda ijodiy yondashuvni shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, darslik matnlari asosida ishlab chiqilgan mualliflik metodlarining amaliy qo‘llanilishi va ularning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni misollar asosida asoslanadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan matn bilan ishlash faoliyati o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish, kommunikativ faolligini oshirish hamda ona tili darslari samaradorligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Сведения · Details