Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 400
PEDAGOGIK FAOLIYATDA UCHRAYDIGAN KASBIY MUAMMOLARGA ASOSLANGAN MAKTAB ICHKI KASBIY RIVOJLANISH MODELI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston umumiy o‘rta taʻlim tizimida amalga oshirilayotgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga hamda maktablarda mavjud metodik birlashma amaliyotiga tayangan holda, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida yuzaga keladigan aniq kasbiy muammolarni tizimli ravishda aniqlash va ularni kasbiy rivojlanish mazmuniga aylantirishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizm – “Muammolar banki” va 5R sikli taklif etiladi. Model mavjud kaskadli o‘qitish tizimini (master-trener –mentor-o‘qituvchi –yetakchi o‘qituvchi –fan o‘qituvchisi) almashtirmaydi, balki uning mazmunini shakllantirish bosqichiga alohida o‘qituvchilar va metodik birlashmalar darajasidagi real ehtiyojlarni uzluksiz ravishda yetkazib turuvchi qo‘shimcha qatlam qo‘shadi. Maqolada modelning tuzilishi, amaliyotga joriy etish mexanizmi hamda kutilayotgan afzalliklari va cheklovlari yoritiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i400/413
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0