Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 400
BADIIY-PEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA TARBIYA FANIDA AXLOQIY TUSHUNCHALARNI O‘ZLASHTIRISH
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining 7-sinfida tarbiya fanini o‘qitishda badiiy pedagogik yondashuv asosida animatsion dublyaj texnologiyasini qo‘llash orqali o‘quvchilarda axloqiy tushunchalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda badiiy pedagogikaning nazariy asoslari hamda Edgar Deyl, Jerom Bruner, Lev Vigotskiy, Konstantin Ushinskiy kabi olimlarning ta’limotlari tahlil qilingan. Badiiy-pedagogik yondashuv asosida animatsion dublyaj texnologiyasidan foydalanish tarbiya fanida axloqiy tushunchalarni hissiy-idrok orqali singdirishning samarali va innovatsion usuli bo‘lib, u o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchi va ijodkorga aylantiradi hamda ularning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlashi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Badiiy pedagogika, animatsion dublyaj texnologiyasi, axloqiy tushunchalar, tarbiya fani, 7-sinf o‘quvchilari, estetik did, milliy musiqa, obrazli tafakkur, interaktiv ta’lim, pedagogik samaradorlik.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i400/411
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0