Central AsianResearch Index

UMUMTAʼLIM MUASSASALARIDA TIMSS XALQARO BAHOLASH NATIJALARI ASOSIDA MAʼLUMOTLAR TAHLILI (DATA-DRIVEN) ORQALI TAʼLIM SIFATI BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH

Umumtaʼlim muassasalarida taʼlim sifatini boshqarish tizimini ilgʻor tajribalar asosida takomillashtirish bugungi kunda Oʻzbekiston taʼlim sohasining ustuvor vazifalaridan biridir. IEA tashkiloti oʻtkazgan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston unda ilk marta ishtirok etib, 8-sinf oʻquvchilari matematikadan 44 ta davlat orasida 32-oʻrinni (421 ball), tabiiy fanlardan esa 39-oʻrinni (396 ball) egallagan. Maqola TIMSS natijalarini maʼlumotlarga asoslangan (data-driven) boshqaruv yondashuvi bilan uygʻunlashtirish orqali taʼlim sifatini oshirishning yangi modelini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va statistik usullardan foydalanildi. Oʻzbekiston maktablarining TIMSS 2023 natijalari, jumladan School Questionnaire (maktab soʻrovnomasi) koʻrsatkichlari, shuningdek yuqori natijali davlatlar (Singapur, Finlandiya, Janubiy Koreya) tajribasi tahlil qilindi. Natijada umumtaʼlim muassasalari uchun toʻrt bosqichli data-driven boshqaruv modeli ishlab chiqildi. Modelning asosiy yangiligi shundaki, u TIMSS tashxisini maktabning ichki boshqaruv sikli bilan bevosita bogʻlaydi. Taklif etilgan model Oʻzbekistonda taʼlim sifati boshqaruvini xalqaro darajaga koʻtarishga xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · № 400
Язык
Узбекский
ISSN
3060-4788
Издатель
Abdulla Avloniy National Institute of Pedagogical Excellence